QO‘QON XONLIGI VA ROSSIYA O‘RTASIDAGI SAVDO ALOQALARI TAHLILI
Abstract
Turkistonning muhim savdo markazlaridan biri bo‘lganligi va faol savdoda muhim rol o‘ynagani sayyohlar hamda elchilarning hisobotlarida ham yaqqol kuzatiladi. Olimxonning Rossiya bilan munosabatlarni yuqori darajaga olib chiqishi natijasida Rossiya podshosi Qo‘qon xonligiga elchi yuborgan. 1810-yilda Qo‘qonga yetib kelgan elchi Olimxonning o‘ldirilganini va uning o‘rniga ukasi Umarxon kelganini bilgan. Qo‘qon iqtisodiyoti Umarxon (1810–1822) davrida yanada rivojlanib, davlat xazinasi boyigan. Bu davrda Rossiya bilan savdo aloqalari jonlangan. Iqtisodiy taraqqiyot, siyosiy barqarorlik va tinchlik muhiti qirg‘iz-qipchoq hamda boshqa urug‘larning o‘troq hayot tarziga o‘tishida muhim ta’sir ko‘rsatgan. Bu holat Qo‘qon xonligida yangi manzilgohlarning tashkil topishiga ham ta’sir qilgan. 1830-yillarga kelib Qo‘qon xonligi Farg‘ona, Pomir, Badaxshon, Xo‘jand, Jizzax, Toshkent, Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘izistonning bazi hududlari va Qashg‘ar kabi hududlardagi ko‘plab ma’muriy birliklarni o‘z tarkibiga birlashtirgan.[1]


