HALIMA AHMEDOVA SHE’RIYATIDA FONOPOETIK VOSITALARNING BADIIY-ESTETIK VAZIFASI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos vakillaridan biri Halima Ahmedova ijodida fonopoetik vositalarning qo‘llanish xususiyatlari hamda ularning badiiy-estetik vazifalari tahlil qilinadi. Shoira she’rlarida tovush takrori, alliteratsiya, assonans, anafora, epifora, tovush uyg‘unligi, qofiya va ritmik takrorlar poetik mazmunni yuzaga chiqaruvchi muhim vositalar sifatida namoyon bo‘ladi. Fonetik birliklarning she’riy matndagi qo‘llanishi nafaqat ohangdorlikni ta’minlashi, balki lirik qahramonning ruhiy holati, kechinmalari, ichki iztiroblari va estetik qarashlarini ifodalashga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada fonopoetik vositalarning semantik, emotsional-ekspressiv va estetik funksiyalari o‘zaro aloqadorlikda yoritiladi.


