QORAQALPOQ TILI MATNLARINI SINTAKTIK TAHLIL QILISHNING INTELLEKTUAL MODELI VA ALGORITMLARI
Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) doirasida kam resursli (low-resource) turkiy tillar sirasiga kiruvchi qoraqalpoq tili matnlarining sintaktik tuzilishini avtomatlashtirilgan tahlil qilish masalasi tadqiq qilinadi. Qoraqalpoq tilining agglyutinativ morfologiyasi, so‘z shakllanishining ko‘p bosqichliligi va nisbatan erkin gap tartibi hisobga olingan holda intellektual sintaktik tahlil modeli arxitekturasi taklif etilgan. Maqolada qoidaga asoslangan (rule-based), statistik hamda chuqur neyron tarmoqlar (Dependency Parsing va Transformer arxitekturasi) asosidagi algoritmlar integratsiyasi, shuningdek, tobelik daraxtlarini qurish bosqichlari yoritilgan.


