TOPOGRAFIYA, KARTOGRAFIYA VA GAT FANINI FIELD – MODEL -ANALYSIS SIKLI ASOSIDA O‘QITISH: METODIKA VA UNING SAMARADORLIGIAnnotatsiya. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Topografiya, kartografiya va GAT” fanini o‘qitishda dala o‘lchovi, kartografik modella
Abstract
Annotatsiya. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Topografiya, kartografiya va GAT” fanini o‘qitishda dala o‘lchovi, kartografik modellashtirish va GAT tahlili o‘rtasidagi metodik uzilish muammosi ko‘rib chiqilgan. Muammoni hal etish uchun bitta geoma’lumotni o‘lchovdan modelga, modeldan tahlilga izchil olib o‘tishga asoslangan Field – Model – Analysis (FMA) sikli, uni amalga oshiruvchi Geo-Lab metodik tizimi hamda topshiriqlar murakkabligi va talaba mustaqilligini boshqaruvchi Basic – Applied – Advanced darajalari taklif etilgan. Metodika “GeoGAT Akademiya” elektron o‘quv muhiti bilan birgalikda to‘rtta oliy ta’lim muassasasida 196 nafar talaba ishtirokida 12 haftalik kvazi-eksperimentda sinaldi. Yakuniy bosqichda tajriba guruhlarida o‘rtacha ball 4,16–4,20 ni, nazorat guruhlarida 3,60–3,64 ni tashkil etdi; past daraja ulushi tajriba guruhlarida 68–70 foizdan 11–14 foizga kamaydi. Farqlar barcha mezonlar bo‘yicha statistik ahamiyatli (p < 0,001), effekt kattaligi d = 0,82–0,84.


