THE CONCEPTUAL FRAMEWORK OF GENDER IN PEDAGOGICAL RESEARCH: FUNDAMENTAL DIFFERENCES BETWEEN SEX-ROLE AND GENDER APPROACHES
Abstract
Annotatsiya. Maqolada zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan genderga oid asosiy tushunchalar tizimlashtirilib, “jins” va “gender” kategoriyalari o‘rtasidagi farq metodologik jihatdan asoslanadi. Jins-rol yondashuvining biologik-evolyutsion paradigmasi gender yondashuvining ijtimoiy-konstruktivistik paradigmasi bilan qiyoslanadi hamda ularning ta’lim amaliyotiga ta’siri yoritiladi. Ye. N. Kamenskaya tomonidan ajratilgan gender yondashuvi nazariyasining uch tarkibiy qismi — tushunchalar, prinsiplar va pedagogik metodlar tahlil qilinadi. Gender stereotiplarini aniqlash, teng imkoniyatlarni ta’minlash va talaba qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashda mazkur tushunchaviy apparatning metodologik ahamiyati ko‘rsatiladi.
Kalit so‘zlar: jins va gender; gender roli; gender stereotiplari; gender identikligi; egalitarlik; gender tengligi; ijtimoiy-konstruktivistik paradigma; gender ma’rifati.


