BEDARAK YO‘QOLGAN DEB TOPILGAN FUQARONING HUQUQIY MAQOMI

Authors

  • Mamadjanov Temurali Barotjon o‘g‘li Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchisi Author
  • Temurali Barotjon ugli Mamadjanov Independent Researcher at the Institute for Retraining and Advanced Training of Legal Personnel Author

Abstract

Mazkur maqolada fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va vafot etgan deb e’lon qilish institutining fuqarolik-huquqiy hamda protsessual jihatlari tahlil qilingan. Xususan, fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va vafot etgan deb e’lon qilish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlar, ularning zamonaviy texnologik imkoniyatlar sharoitida asoslanganligi, shaxsning qasddan yashirinish holatlarini aniqlash bilan bog‘liq muammolar o‘rganilgan. O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligidagi yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, amaldagi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurati baholangan. Shuningdek, manfaatdor shaxslar doirasini aniqlashtirish, kreditorlarga tegishli tartibda sudga mustaqil murojaat qilish huquqini berish, bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini ishonchli boshqarish va uning qaytib kelishi natijasida mulkiy huquqlarini tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini takomillashtirish hamda bedarak shaxslarni qidirishning yagona elektron tizimini shakllantirish yuzasidan takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli normalarini takomillashtirishga qaratilgan mualliflik takliflari ishlab chiqilgan.

 

Downloads

Published

2026-09-28