YANGI O‘ZBEKISTONDA JAMOAT FONDLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Rasulov Sherdor Azam o’g`li Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Sho’ba boshlig’i Author

Abstract

Maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida jamoat fondlarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish va faoliyat yuritishning normativ asoslari, mol-mulkini shakllantirish, boshqarish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda faoliyat ochiqligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Jamoat fondlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar asosida ochib berilgan. So‘nggi yillardagi normativ-huquqiy o‘zgarishlar jamoat fondlarini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda ularning moliyaviy shaffofligi va hisobdorligiga yangicha yondashuv shakllanayotganini ko‘rsatadi. Amaldagi tartibga solish tizimini o‘zaro uyg‘unlashtirish, elektron hisobot mexanizmlarini rivojlantirish va nazorat choralarini fond faoliyatining xususiyati hamda ko‘lamiga mutanosib qo‘llash imkoniyatlari ilmiy jihatdan muhokama qilingan.

 

Downloads

Published

2026-10-05