SHAXSLARARO MULOQOTDA KONFLIKTNI YUMSHATISHNING LINGVISTIK VOSITALARI

Authors

  • Mamasodiqova Dilfuza Anvar qizi Namangan viloyati Norin tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Author

Abstract

Maqolada shaxslararo muloqot jarayonida yuzaga keladigan konfliktlarni yumshatishda qo‘llaniladigan lingvistik vositalarning pragmatik va kommunikativ xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ziddiyatli vaziyatlarda nutqiy keskinlikni kamaytiruvchi til birliklarini aniqlash, ularning funksional imkoniyatlarini tavsiflash hamda kommunikativ muvozanatni saqlashdagi o‘rnini yoritishdan iborat. Tadqiqotda pragmalingvistik, diskursiv, kontekstual va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari konfliktni yumshatishda modal birliklar, bilvosita nutqiy aktlar, uzr so‘rash formulalari, qisman rozilik, qayta formulalash, yumshatuvchi kirish birliklari, hurmat bildiruvchi murojaatlar hamda emotsional jihatdan neytral leksikaning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Shuningdek, lingvistik vositalarning samaradorligi faqat ularning shakliga emas, balki kommunikativ vaziyat, suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqei, emotsional holati va madaniy-kommunikativ me’yorlarga ham bog‘liq ekanligi asoslanadi. O‘zbek muloqot xulqida hurmat, bilvositalik, muloyim murojaat va murosaga moyil nutqiy shakllar konfliktni yumshatishning muhim lingvomadaniy omillari sifatida namoyon bo‘ladi.

 

Downloads

Published

2026-10-05