BIOGAZ QURILMALARIDAN CHIQADIGAN ORGANIK SHLAMNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Ergashev Begijon Omadjon ogli Gidroqurilish buyurtmachi xizmati Mchj Author

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada biogaz qurilmalarida organik chiqindilarni anaerob qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan shlamdan samarali foydalanish va uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Biogaz ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan qoldiq mahsulotning fizik-kimyoviy xususiyatlari, uning namlik darajasi, organik moddalar tarkibi va o‘g‘it sifatidagi imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shlamni mexanik suvsizlantirish, qattiq va suyuq fraksiyalarga ajratish, quritish hamda keyingi qayta ishlash bosqichlarining texnologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy baholash va texnologik modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijada shlamni qayta ishlashning resurs tejamkor texnologik ketma-ketligi taklif etilib, jarayon samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy texnik parametrlar aniqlangan. Taklif etilgan yondashuv organik chiqindilardan ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish, energiya sarfini kamaytirish va qishloq xo‘jaligi uchun organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

 

Downloads

Published

2026-10-05